РАБОТОДАТЕЛИ
Milliy Iqtisodiy Hamkorlik Uyuşmasi
Вакансии работодателя и подписка на новые предложения.
Открытые вакансии
Zадачи: — Uyuşma tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, rasmiy uchrashuvlar va ishbilarmonlik muloqotlarini axborot jihatidan yoritish. — Ijtimoiy tarmoqlar uchun savodli, mazmunli va auditoriyaga mos postlar tayyorlash hamda e’lon qilish. — O‘zbek tilidagi matnlarni tahrirlash, imloviy va uslubiy xatolarni bartaraf etish. — Press-relizlar, axborot xabarlari, intervyular va boshqa jurnalistik materiallarni tayyorlash. — Foto va videomateriallarni saralash, ular asosida ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlash. — Uyuşmaning ijobiy ishbilarmonlik imijini shakllantirish va uning axborot maydonidagi faolligini oshirish. — Tadbirlardan tezkor axborot tayyorlash va belgilangan muddatlarda e’lon qilish. — Ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar rejasini shakllantirish va kontent taqvimini yuritish. Требования: — Jurnalistika, PR, marketing, filologiya yoki kommunikasiyalar sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish. — O‘zbek tilini yaxshi bilish, matnlarni savodli va uslubiy jihatdan to‘g‘ri yozish hamda tahrirlash qobiliyati. — Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlash va axborotni auditoriyaga mos shaklda taqdim etish ko‘nikmasi. — Rasmiy tadbirlar va uchrashuvlarni yoritish, intervyu olish hamda axborot materiallari tayyorlash qobiliyati. — Mas’uliyatlilik, tezkorlik, tashabbuskorlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari. — Kompyuter va zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish. — Foto va video materiallar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish ustunlik beradi. Условия: — Chet tillarini bilish darajasi bor nomzodlarga ustunlik beriladi. Rezyume va portfoliongizni +998771301117 ga yuboring.