Вакансия «Dev Dasturxon» в Yandex Uzbekistan · Job Hunters
Y
Yandex Uzbekistan
Dev Dasturxon
Зарплата не указана
Город
Toshkent
Мэтч и сопроводительное
Сравним вакансию с вашим действующим резюме и составим письмо под эту роль.
Описание вакансии
Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda.
Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz.
Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz!
Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.
Dasturda:
— dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar;
— real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle;
— rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating;
— yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar.
Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot.
Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.
Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan.
24-sentabrgacha ariza topshiring.
Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz.
Контакты работодателя доступны по кнопке «Откликнуться» после входа.
Мэтч и сопроводительное
Сравним вакансию с вашим действующим резюме и составим письмо под эту роль.